16:23 / 25.09.2022
1 398

Kreml Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisini urushga safarbar qilish haqida o‘ylamoqda

Kreml Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisini urushga safarbar qilish haqida o‘ylamoqda
Foto: Sputnik
Kreml Ukraina bilan urushga nafaqat rossiyaliklarni, balki o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolarini ham safarbar etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin manba Meduza’ga ma’lum qildi.

Suhbatdoshning aytishicha, Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalaridan bir necha ming kishi majburiy ravishda xizmatga chaqirilishi mumkin.

Dunyoning aksariyat davlatlari Abxaziya va Janubiy Osetiyani Gruziya hududi deb biladi. 2008 yilda Gruziya bilan urushdan keyin Rossiya ularning mustaqilligini rasman tan oldi; bu respublikalarning ma’muriyatlari Kreml tomonidan nazorat qilinadi. 2022 yilda Janubiy Osetiya prezidenti Rossiya bilan «birlashish» bo‘yicha «qonuniy qadamlar» haqida e’lon qilgandi.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Janubiy Osetiya harbiy xizmatchilarining urushda qatnashayotgani haqida yozgan. Mart oyida janubiy osetiyalik muddatli harbiy xizmatchilar guruhi urushda qatnashishdan bosh tortgani va uyga qaytgani haqida xabar berilgan.

21 sentyabr kuni Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyati fonida Rossiyada safarbarlik e’lon qilindi. Rossiya hukumati 300 000 harbiy xizmatchini chaqirish rejasini e’lon qildi; Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bir milliondan ortiq odam safarbar qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Ukrainaning bosib olingan hududlarida «Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar» bo‘lib o‘tmoqda; tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy anneksiya sentyabr oyining oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo