1 442
G7 hech qachon Ukraina sharqidagi «referendum»lar natijasini tan olmasligini ma’lum qildi

“Katta yettilik” davlatlari Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida “referendumlar” o‘tkazilishini qat’iy qoralab chiqdi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada va Yaponiya yetakchilarining qo‘shma bayonoti juma kuni tunda e’lon qilindi.
Ular Rossiya “referendumlar” orqali soxta bahonalar bilan Ukrainaning suveren maqomini o‘zgartirmoqchi ekanligini ta’kidlashgan.
“Bu kabi harakatlar BMT Ustavi va xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda davlatlar o‘rtasida munosabatlardagi huquq ustuvorligi tamoyiliga mutlaqo zid”, – deyiladi bayonotda.
G7 hech qachon “referendum” natijalarini tan olmasligini, bu amaliyot anneksiya yo‘nalishidagi qaror ekanini qayd etgan. Shu bilan birga davlatlar Rossiyada boshlangan safarbarlikni hamda “mas’uliyatsiz yadroviy tahdidlar”ni qoralagan.
Ma’lumot o‘rnida: 23 sentyabr kuni “DXR”, “LXR”, Zaporoje va Xerson viloyatining RF tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida Moskvaga qo‘shilish bo‘yicha “referendum”lar boshlandi. U 27 sentyabrga qadar davom etishi belgilangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z navbatida 21 sentyabr kuni “qisman harbiy safarbarlik” e’lon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar