16:06 / 26.09.2022
1 162

Facebook va Instagram’da qancha o‘zbekistonlik foydalanuvchi borligi ma’lum qilindi

Facebook va Instagram’da qancha o‘zbekistonlik foydalanuvchi borligi ma’lum qilindi
Foto: Meta
Meta kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlaridagi vakili Jorj Chenga ko‘ra, Facebook va Instagram’ning 10 million faol o‘zbekistonlik foydalanuvchisi bor. Alohida hisoblanganda esa, Instagram foydalanuvchilari ko‘proq. Jorj Chen bu haqda Toshkentda jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilgan treningda ma’lum qilgan.

Shuningdek, u ushbu ijtimoiy tarmoqlardagi prezident Shavkat Mirziyoyev sahifalarini kuzatib borishini aytdi: «Prezident sahifalari faol va auditoriyasi keng», – deya qayd etdi Jorj Chen.

23 centyabr kuni Meta kompaniyasi vakillari Toshkentda AKT vaziri va AOKA direktori bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo