16:53 / 28.09.2022
1 000

Abxaziya tashqi ishlar vaziri fuqarolarni Ukrainaga safarbar qilish ehtimolini rad etdi

Abxaziya tashqi ishlar vaziri fuqarolarni Ukrainaga safarbar qilish ehtimolini rad etdi
Foto: «RIA Novosti»
Qisman tan olingan Abxaziya respublikasi hukumati fuqarolarni Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyaga jo‘natish uchun safarbar qilmayapti, ammo ko‘ngillilar bor. Bu haqda respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari Inal Ardzinba ma’lum qildi.

«Bizda safarbarlik yo‘q. 2014 yildan beri abxaziyalik ko‘ngillilar qo‘liga qurol olib, Donbass ozodligini himoya qilayotganiga e’tibor qaratmoqchiman, ularning soni ortib bormoqda. Afsuski, qurbonlar bor», — deydi Ardzinba.

Ma’lumot uchun Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini 2008 yilning avgustida tan olgan. Bu Janubiy Osetiyada qurolli mojaro boshlanib, rus qo‘shinlari «tinchlikni ta’minlash» uchun u yerga kiritilganidan keyin sodir bo‘lgan. Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili ushbu hududlarni okkupatsiya qilingan deb atadi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidan chiqishini ma’lum qildi.

2005 yildayoq Abxaziya aholisining qariyb 95 foizi Rossiya fuqaroligiga ega edi. 2022 yilning 27 sentyabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada abxaziyalik hamkasbi bilan uchrashuvda ikki fuqarolik bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qildi. Unda Abxaziya fuqarolari soddalashtirilgan rejimda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligi aytiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Meduza Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin manbaga tayanib, Kreml Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisini urushga safarbar qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo