22:30 / 28.09.2022
3 363

«Rossiyaga o‘g‘irlik qilgani kelganmisan, urushga bor!»

«Rossiyaga o‘g‘irlik qilgani kelganmisan, urushga bor!»
Ijtimoiy tarmoqda Moskva YPX xodimlari va Markaziy Osiyodan borgan migrant o‘rtasidagi suhbat aks etgan video tarqaldi.

Xorijlik fuqaro nima ayb ish qilgani noma’lum. Videotasvirda politsiya migrantdan bir necha marta Rossiyaga nima uchun kelganini so‘rayotganini ko‘rish mumkin:

— O‘g‘irlik qilgani kelganmisan?, — deb qayta so‘roqqa tutyapti politsiya.

— Ishlagani kelganman, — degan javobga e’tibor ham bermay, unga urushga borib xizmat qilishi va Rossiyani himoya qilishini buyurib, do‘q uryapti.

Rossiya ko‘plab davlat fuqarolarini "bag‘ri"ga sig‘dirgan davlat. Ammo bugun vaziyat avvalgidek emas. Putin qisman safarbarlik e’lon qilgan kundan boshlab Rossiyadagi migrantlar taqdiri global masalaga aylandi. Rossiya hukumati migrantlarni urushga tortishning turli yo‘llarini qidirmoqda. Yuz minglab rossiyaliklarning urushga chaqirilishdan qochib o‘zga yurtlarga chiqib ketayotgani harbiyga chaqiriluvchilar soniga ta’sir etmay qolmaydi.

Mehnat muhojirlariga mo‘may daromad ilinjida urush o‘chog‘iga borib qolmasliklari uchun takror va takror murojaatlar qilinmoqda.

Rossiya-Ukraina mojarosi hazil emas. Bu haqiqiy urush. Bunga aralashib, o‘zingizni qurbon qilmang! Zero, tinch va osuda hayot Yaratganning in’omi. Bunga xiyonat qilishga hech kimning haqi yo‘q.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo