
AQSHdagi eng badavlat odamlarning cho‘ntaklari chuqur, lekin bu ular pullarini xayriya uchun osongina sarflashlarini bildirmaydi, deb yozadi Forbes.
Nashr milliarderlarning qanchalik saxiyligini aniqlash uchun ularni beshta toifaga – mablag‘ining 1 foizdan kam qismini xayriya uchun sarflaganlardan 20 foizdan ortig‘ini sarflaganlarga ajratdi.
Eng boy 400 nafar amerikaliklarning aksariyati birinchi yoki ikkinchi toifaga kiritildi, ya’ni boyligining 5 foizdan kam qismini xayriyaga ajratgan.
Faqat 9 nafar milliarder 20 foizdan ortiq boyligini xayriyaga sarflagan.

Foto: Getty Images
Bill Geyts Bill va Melinda Geyts fondiga 20 mlrd dollar ajratgan. Yana bir milliarder Makkenzi Skott Planned Parenthood va Boys & Girls Club of America tashkilotlariga mos ravishda 275 mln va 281 mln dollardan ajratgan. Eng saxiy milliarderlar reytingida Jorj Soros yetakchilik qilmoqda: u 18,1 mlrd dollar mablag‘ini xayriyaga bergan, bu uning hozirgi aktivlari miqdoridan qariyb uch baravarga ko‘p.

Foto: Getty Images
Boyligining 1 foizdan kam qismini xayriya qilganlar:
Tesla asoschisi Ilon Mask, Google asoschisi Larri Peyj va yana 142 kishi.

Foto: Getty Images
Boyligining 1 foizdan 4,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar:
Google asoschisi Sergey Brin, Amazon asoschisi Jeff Bezos va yana 118 kishi.

Foto: Getty Images
Boyligining 5 foizdan 9,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar:
Facebook asoschisi Mark Sukerberg, milliarder-broker Charlz Shvab va yana 52 kishi.

Foto: Bonnie Cash - Pool via CNP
Boyligining 10 foizdan 19,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar:
Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg, investor Jim Saymons va yana 16 kishi.

Foto: Getty Images
Boyligining 20 foiz va undan ortiq qismini xayriya qilganlar:
Jorj Soros, Bill Geyts, Melinda French Geyts, Makkenzi Skott, Uorren Baffet, Gordon Mur, kichik Amos Hostetter, Linn Shusterman va Jon Arnold.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar