00:14 / 30.09.2022
1 753

Referendum o‘tkazilgan hududlarni Rossiyaga qo‘shib olish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi

Referendum o‘tkazilgan hududlarni Rossiyaga qo‘shib olish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 sentyabr kuni Moskvada ozod qilingan hududlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi, bu vaqtda ularning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Ertaga soat 15:00 da Kremlda yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Kelishuvlar referendum o‘tkazilgan barcha 4 ta hudud bilan imzolanadi.", - dedi Peskov.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuvlar va ozod qilingan hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi juma kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyining Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporoje viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporoje viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo