Margrete II qirollik oilasi a’zolari bilan. Arxiv
Foto: Det danske kongehus
Daniya qirolichasi Margrete II o‘zining to‘rt nabirasini — shahzoda Ioaximning farzandlarini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi, bu haqda qirollik oilasining rasmiy bayonotida aytiladi.
«Zoti oliyalari 2023 yil 1 yanvaridan Qirollik janobi oliylari shahzoda Ioaximning farzandlari faqat Monpez graf va grafinyalari sifatidagi unvonlaridan foydalanishi mumkin bo‘lishi haqida farmon chiqardi», — deyiladi bayonotda.
Unga ko‘ra, qirolicha o‘z nabiralari «Daniyaning institut sifatidagi Qirollik uyiga rasman tegishlilik ortidan keladigan alohida fahm-idrok va majburiyatlar orqali cheklab qo‘yilmagan holda» o‘z hayotini mustaqil qura olishini istaydi.
Ta’kidlanishicha, nabiralarning barchasi taxtga navbatdagi o‘z o‘rinlarini saqlab qoladi.
Qirolichaning boshqa nabiralari, 54 yoshli valiahd shahzoda Frederikning farzandlarining unvonlari esa o‘zida qolgan.
Daniya qirolichasi Margrete II 82 yoshda bo‘lib, u 1972 yil 14 yanvarda, otasi Frederik IX ning vafotidan keyin taxtga o‘tirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar