18:23 / 30.09.2022
1 144

Rossiyada politsiyachilarga mamlakatni tark etish taqiqlandi

Rossiyada politsiyachilarga mamlakatni tark etish taqiqlandi
Foto: RIA Novosti
Rossiyada politsiyachilarning mamlakatdan chiqib ketishi taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda qator ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Rossiya Turoperatorlari uyushmasi o‘z manbalariga tayanib xabar beryapti.

Baza Telegram-kanalining xabar berishicha, 23 sentyabr kuni imzolangan buyruqqa ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi va rahbariyati, jumladan, ayollar ham rahbariyat tomonidan tasdiqlanmasa, mamlakatdan chiqib ketish huquqiga ega emas.

47.ru nashrining ta’kidlashicha, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevning buyrug‘iga ko‘ra, agar 21 sentyabr kuni safarbarlik e’lon qilinganidan keyin chipta yoki yo‘llanma sotib olingan bo‘lsa, politsiya xodimlariga chet elga chiqish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Baza ma’lumotlariga qaraganda, davlat sirlaridan xabardor bo‘lgan politsiyachilar pasportlarini topshirishlari shart.

Bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining «mustaqilligi» va «suvereniteti»ni tan olish haqidagi farmonlarni imzolagandi. Hujjatlar 30 sentyabr, jumaga o‘tar kechasi huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishi paytida ushbu mintaqalar hududlarining faqat bir qismini egallab olishdi. Xususan, Zaporijjya oblasti markazi Ukraina nazorati ostida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo