
Foto: Ukraїnska pravda
Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning kelgusi prezidenti bilan, deya bayonot berdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Bu haqda Ukraina Oliy radasi telegram-kanalida xabar berildi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini ma’lum qildi.
«De-fakto biz NATOgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik. De-fakto biz Shimoliy Atlantika alyansi standartlariga muvofiqligimizni isbotladik... Biz bir-birimizga ishonamiz, ko‘maklashyapmiz, himoya qilyamiz...
Buni huquqiy mustahkamlash uchun bugun Ukraina ariza topshiradi... Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zolikka kirishi uchun biz aniq qadamlarni tashlaymiz», — dedi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar