
Foto: Foreign Policy
Rossiya Xerson va Zaporoje mustaqilligini e’tirof etgan bir pallada AQSH qo‘l qovushtirib turgani yo‘q: Tinch okeanida joylashgan mikrodavlatlar — Kuk orollari va Niue suverenitetini tan oldi. AQSH va Tinch okeani orol-davlatlari sammitida Jo Bayden tantanali ravishda bayonot qildi.
«Tegishli maslahatlashuvlardan so‘ng Kuk orollari va Niueni mustaqil davlatlar, deb tan olishimizni iftixor bilan e’lon qilaman. Shuningdek, mintaqadagi eng yaqin sheriklarimiz — Mikroneziya Federativ Shtatlari, Marshall orollari Respublikasi va Palau Respublikasi bilan erkin assotsiatsiya bitimlari bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yetishiga umid bog‘laganmiz», — dedi Bayden.

Ma’lumot uchun: Kuk orollari (rossiyalik admiral Ivan Kruzenshtern buyuk britan dengiz sayohatchisi Jeyms Kuk sharafiga nomlagan) va Niue (orol) — bitta arxipelagda joylashgan, shu nomdagi o‘zini o‘zi boshqaruvchi davlat tuzilmalari hisoblanadi va Yangi Zelandiyaga erkin bog‘langan davlatlar sirasiga kiradi. Bu hududlar jami 15 oroldan tashkil topgan, uchtasida odam yashamaydi. Birgalikdagi aholisi soni — 20 ming kishi atrofida.
Garchi 50 ga yaqin davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan bo‘lsa-da, Kuk orollarini aksariyat mamlakatlar xalqaro huquq sub’ekti sifatida tan olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar