17:34 / 01.10.2022
2 052

Azov dengizi rasman Rossiyaning ichki dengiziga aylandi

Azov dengizi rasman Rossiyaning ichki dengiziga aylandi
Azov dengizi rasman Rossiyaning ichki dengiziga aylandi. Bu haqida Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet ma’lum qildi.

DXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibigga kirishi munosabati bilan Azov dengizi rasmiy ravishda Rossiyaning ichki dengiziga aylandi, dedi Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Sheremet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bilan Kiyev rasmiylarining Azov mintaqasida provokatsiyalar uyushtirish, NATOning esa u yerda o‘z harbiy-dengiz bazasini joylashtirish rejalariga barham topadi.

Prezident Vladimir Putin juma kuni Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha ularni Rossiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporoje viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo