date
views 2 400

Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi

Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Foto: «RBK»
Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga urushga chek qo‘yishni so‘rab murojaat qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

- "Mening murojaatim birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi prezidentiga qaratilgan, men undan bu zo‘ravonlik va o‘limni barcha, jumladan, o‘z xalqi uchun ham to‘xtatishni so‘rayman.

Boshqa tomondan, Ukraina xalqiga qilingan tajovuz natijasida og‘ir azob-uqubat chekkanidan chuqur qayg‘urgan holda, Ukraina prezidentiga tinchlik bo‘yicha jiddiy takliflarga ochiq bo‘lishni so‘rab murojaat qilaman
", - dedi Rim papasi Fransisk.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi