
Foto: TASS
Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan buyon qariyb 1 mln kishi tark etdi, deb ma’lum qildi Forbes suhbatdoshi. Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi yana bir manbasi esa gap 600-700 ming rossiyalik haqida borayotganini aytdi.
OAVda turli qabul qiluvchi mamlakatlar ma’lum qilgan turlicha raqamlar paydo bo‘lmoqda. 4 oktabr kuni Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov 21 sentyabrdan buyon mamlakatga 200 ming nafar Rossiya fuqarosi kirgani, shu davr ichida 147 ming nafar rossiyalik Qozog‘istondan chiqib ketganini aytdi.
Avvalroq OAVda safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng bir hafta ichida 194 ming rossiyalik Gruziya, Qozog‘iston va Finlandiyaga chiqib ketgani haqida xabar qilingandi. Ularning 98 ming nafari Qozog‘istonga ketgan. Gruziya ichki ishlar vazirligi mamlakatga bir hafta ichida 53 ming rossiyalik kirgani, chegaradan kuniga 10 ming kishi o‘tayotganini ma’lum qilgan. YEIga esa bir hafta davomida 66 ming rossiyalik kirgan.
30 sentyabr kuni Rossiyaning Xelsinkidagi elchisi Pavel Kuznetsov 21 sentyabrdan keyin 60 mingga yaqin rossiyalik Finlandiyaga kelgani, ularning 80 foizi Yevroittifoqning boshqa mamlakatlariga o‘tayotganini aytgandi.
Sentyabr boshlarida Rosstat yil boshidan buyon 419 ming kishi Rossiyadan chiqib ketganini xabar qilgandi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga ko‘pdir.
Rossiyada 21 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilingandi. Mamlakat mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 300 ming kishi harbiy xizmatga chaqiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar