Ramzan Qodirov uchinchi marta general bo‘ldi

Ramzan Qodirov uchinchi marta general bo‘ldi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putin unga general-polkovnik unvonini bergani bilan maqtandi.

«Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709-son bilan chiqqan. Vladimir Vladimirovich bu haqda shaxsan xabar berib, meni tabrikladi», — deb yozdi Qodirov o‘z telegram-kanalida.

Bugun Ramzan Qodirovning tug‘ilgan kuni — 46 yoshini qarshiladi.

BBC internetdagi ochiq ma’lumotlarga asoslanib yozishicha, Ramzan Qodirovga 33 yoshida (2009 yili) militsiya gerenal-mayori unvoni berilgan. 2020 yilda u Rosgvardiyaga o‘tib, general-mayor unvonini saqlab qoldi, Ukrainada urush boshlanganidan bir oy o‘tib general-leytenantga aylandi.

Endi u — general-polkovnik. Bundan ham katta bitta unvon qoldi — armiya generali.

Ekspertlarning fikricha, Ramzan Qodirov general-polkovnik unvoniga loyiq topilishi — Putin armiya generallari (umuman, armiyaga nisbatan) unga ko‘proq ishonishi belgisidir. Qodirov armiya generallarini ayovsiz tanqid qilganidan keyin unga unvon berilishi ostida ham ko‘p ma’no bor.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar