17:43 / 06.10.2022
1 461

Urushning 224-kuni: Ukraina kuchlari frontda olg‘a siljimoqda, Bahmut mudofaaga tayyorlanmoqda (foto)

Urushning 224-kuni: Ukraina kuchlari frontda olg‘a siljimoqda, Bahmut mudofaaga tayyorlanmoqda (foto)
5 oktabr kuni Vladimir Putin Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi. Shuningdek, u Zaporoje AES ob’ektlarini «federal mulkka o‘tkazish» to‘g‘risida ko‘rsatma berdi va konstitutsiyaga «anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga qabul qilish» bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatida yana sakkizta aholi punkti ozod etilganini ma’lum qildi. Mintaqadagi okkupatsion hokimiyat vakillari Rossiya qo‘shinlari «kuch yig‘ish va zarba berish uchun qayta to‘planayotganini» aytdi. Rossiyada safarbarlikdan qochish bo‘yicha birinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Meduza urushning 224-kuniga oid asosiy fotosuratlarni jamladi.

Ozod etilgan Limandagi hayot

Liman yaqinidagi Drobishovo qishlog‘ida 75 yoshli Galina Zeykova vayron bo‘lgan binoga qaramoqda. Donetsk viloyatidagi ushbu shahar va uning atrofidagi qishloqlar Rossiya kuchlaridan ozod qilingani haqida 2 oktabr kuni ma’lum bo‘ldi. Rus qo‘shinlari Limanni 2022 yilning yozi boshida qo‘lga kiritgandi.
Foto: Anadolu


Limanda oziq-ovqat va dori uchun navbat.
Foto: AFP


Vayron qilingan maktabdagi xona.
Foto: Anadolu


Ukrainalik askar maktab vayronalari orasida.
Foto: AP Photo


Ukrainalik ko‘ngillilar vayron qilingan Rossiya harbiy texnikasi yonidan o‘tmoqda. 5 oktabr kuni The Wall Street Journal nashrida chiqqan maqolada aytilishicha, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlariga butun urush davomida G‘arb davlatlarining Ukrainaga yetkazib bergan qurollaridan ko‘ra ko‘proq og‘ir qurollar tashlab ketgan.
Foto: EPA


Ukraina politsiyasi xodimi yem zavodiga keltirib tashlangan ishdan chiqqan rus jangovar mashinalari yonidan o‘tmoqda.
Foto: AFP


Shahar yaqinidagi o‘rmonda yotgan rus askarining jasadi.
Foto: Anadolu

Belaya Serkov shahriga berilgan Rossiya zarbalarining oqibatlari

Kiyev viloyatining Belaya Serkov shahri aholisi vakili rus kamikadze-dronlari tomonidan vayron qilingan bino yonida o‘tiribdi. Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, ruslar Eronning Shahed-136 dronlaridan foydalanmoqda.
Foto: Reuters


Belaya Serkvada vayronaga aylangan binoni devor tuynugidan tomosha qilayotgan kishi. Rossiya qo‘shinlari 5 oktabrga o‘tar kechasi shaharga dronlar bilan hujum qildi. Bir kishi yaralandi.
Foto: Reuters

Ukraina qo‘shinlari Bahmutni mudofaaga tayyorlamoqda

Shahar markazidan o‘tuvchi Bahmutovka daryosi ustidagi vayron bo‘lgan ko‘prik. Rus qo‘shinlari Bahmutni egallashga anchadan beri urinmoqda va hozirgi vaqtda rus armiyasi faqat shu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Bahmut janubidagi Kodema qishlog‘i yaqinida Vagner yollanma jangchilari harakatlanayotgani ham ma’lum.
Foto: Anadolu


Shahar markazidagi tankka qarshi to‘siqlar.
Foto: Anadolu


Markaziy ko‘chalardan biri.
Foto: Anadolu


Ukrainalik harbiylar shahar yaqinidagi pozitsiyasida.
Foto: Reuters

Ukraina qurolli kuchlarining janubiy frontdagi pozitsiyalari

35 yoshli ukrainalik askar Nikolayev viloyatidagi front chizig‘ida og‘ir pulemyotini sozlamoqda. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, Rossiya armiyasi bu hududni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. So‘nggi zarbalar 4 oktabr kuni Bereznegovatoye qishlog‘iga berilgan, qurbonlar yo‘q.
Foto: AFP


Ukraina askari front chizig‘ida o‘z pozitsiyasini dushman ko‘zidan pana qilmoqda.
Foto: AFP


Ukraina Qurolli kuchlari askari pozitsiyasida patrullik qilmoqda.
Foto: AFP

Severskiy Dones daryosidan o‘tish

Yuriy Shapovalov (o‘rtada) qayig‘iga oziq-ovqat yuklamoqda. Har kuni u Xarkov viloyatining Stariy Saltov qishlog‘i aholisiga Severskiy Donetsidan o‘tishga yordam beradi. Daryo ustidagi ko‘prik janglar paytida vayron qilingan.
Foto: AP Photo


Yuriy Shapovalov yaralangan ukrainalik askarni Stariy Saltovdagi daryodan o‘tkazib qo‘ymoqda. Xarkovdan 45 kilometr sharqda joylashgan qishloq may oyi boshida ozod qilingan edi.
Foto: AP Photo


Stariy Saltov aholisi vakili daryoni qayiqda kesib o‘tish uchun navbatini kutib turibdi.
Foto: AP Photo
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 224-kuni: Ukraina kuchlari frontda olg‘a siljimoqda, Bahmut mudofaaga tayyorlanmoqda (foto)