22:21 / 07.10.2022
1 705

“Bizni Baydendan qutqaring”: AQSH aholisi prezidentning yadroviy tahdididan g‘azablanishdi

“Bizni Baydendan qutqaring”: AQSH aholisi prezidentning yadroviy tahdididan g‘azablanishdi
AQSH Prezidenti Jo Bayden yadroviy tahdid qo‘rquvini yaratishdan foyda ko‘radi, chunki bu Amerikada siyosiy kurs almashishini qiyinlashtiradi. The Washington Times gazetasi o‘quvchilari shunday xulosaga kelishgan.

Izoh yozuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, aynan Bayden dunyodagi inqirozlar, jumladan Ukraina mojarosiga sababchi bo‘lgan.

Demokratlarga ovoz berish uchun faqat ahmoq bo‘lish kerak. Demokratlar Adliya vazirligi va Federal davlat byurosini siyosiylashtirib iqtisodni, ta’limni, hukumatni barbod qildi. Endi ular telba Bayden rahbarligida bizni yadroviy urush xavfiga qo‘yishmoqda. Bu ishyoqmasni Oq uydan chiqarib tashlang”, - deydi JoeP535.

Bayden biz shiddat bilan yadroviy armageddonga yaqinlashyapmiz deb aytdi. Ammo bu siz bizni bunga undayotganingiz uchun ro‘y beryapti, janob Bayden. Chunki siz qilayotganingiz uchun bo‘lyapti”, - deydi DavidBartlett ismli amerikalik.

Bu demokratlarning oraliq saylovlardan oldin o‘ylab topgan strategiyasi: axir biz yadroviy mojaro oldidan hukumatni almashtira olmaymiz! deydi. Mamlakatni demokratlar va hamdard respublikachilardan tozalash, Amerikani qayta qurish va Putin bilan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun ovoz berish kerak”, - deydi JusticeNow.

Parvardigor, bizni Jo dan qutqar”, - deb yozadi PeterTx52.

Men ko‘proq Brendon (AQSHda prezidentning tanqidchilari uni shunday atashadi - tahr) aqlan va jismonan tugaganidan qo‘rqaman. U buni biladi. Shuning uchun bizni ham o‘zi bilan olib ketishga qaror qilishi mumkin”, - deydi ThePurpleCrab.

Demokratlar 2016 yilda: “Bo‘lishi mumkin emas! Tramp yadroviy urush qo‘zg‘atmoqchi!”. Demokratlar 2022 yil: Ura! Bayden yadro urushini qo‘zg‘atmoqchi”, deya kinoya bilan yozadi BoldTruthTell.

Avvalroq Amerika Prezidenti sovuq urush va Karib inqirozidan keyin ilk bor dunyoga yadroviy urush tahdid solayotganini aytgan edi. Sentyabr oyi prezident Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida G‘arb Rossiyaga qarshi siyosati va unga qarshi tahdidlardan har qanday chegaralardan chiqayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, G‘arb Moskvaga qarshi yadroviy shantaj, ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llagan. U G‘arbga Rossiya bir qator komponentlar bo‘yicha xorijiy harbiy texnikani ortda qoldirganini eslatib, yadro quroli bilan shantaj qilmoqchi bo‘lganlarni yadro shamoli ko‘tarilishi ularning foydasiga bo‘lmasligini aytib ogohlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Bizni Baydendan qutqaring”: AQSH aholisi prezidentning yadroviy tahdididan g‘azablanishdi