00:00 / 08.10.2022
2 814

“Putinning oshpazi” butun dunyodan jangarilarni izlayapti

“Putinning oshpazi” butun dunyodan jangarilarni izlayapti
Rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojinga tegishli “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Ukrainadagi yo‘qotishlari o‘rnini to‘ldirish uchun butun dunyodan yollanma jangchilar qidirmoqda. Bu haqda Middle East Eye nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, jangchilar Turkiya, Serbiya, Chexiya, Polsha, Vengriya, Germaniya, Kanada va Janubiy Amerikagacha bo‘lgan hududlardan izlanyapti. Nashr bilan suhbatlashgan manbalar “Vagner”chilar Ukrainada katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Bunga Rossiya qurolli kuchlaridagi umumiy boshboshdoqlik sabab bo‘lyapti.

Nomzodlarga urushdan avval belgilangan maoshdan 2 barobar ko‘p pul — 10 ming dollar taklif qilingan.

Odatda ular katta jangovar tajribaga ega odamlarni yollaydi. Endi esa o‘ldirishga tayyor va pulga muhtoj barchani targ‘ib qilyapti”, – degan manbalardan biri.

“Vagner” targ‘ibot kampaniyasini jinoyat olami bilan aloqador bo‘lgan Yevropada yashayotgan rus oligarxlari orqali amalga oshirmoqda.

So‘nggi oylarda ushbu harbiy kompaniya o‘z safiga mahbuslarni jalb qilayotgani haqida xabarlar ko‘paydi. Ularga puldan tashqari, afv ham va’da qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Putinning oshpazi” butun dunyodan jangarilarni izlayapti