15:26 / 08.10.2022
1 482

Rossiyada oliy harbiy qo‘mondonlikni tanqid qilish kuchaymoqda

Rossiyada oliy harbiy qo‘mondonlikni tanqid qilish kuchaymoqda
Foto: Sputnik / RIA Novosti
So‘nggi ikki hafta ichida Rossiya rejimining tobora ko‘proq turli vakillari Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatini tanqid qilishda birlashdilar. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib, o‘zining Twitter’ida xabar berdi.

Xususan, tanqidchilar orasida - Checheniston rahbari Ramzon Qodirov, «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin bor, ular «urush tarafdori bo‘lgan blok»ning norasmiy yetakchilari sifatida qabul qilinadi. Shuningdek, qo‘mondonlikni tanqid ostiga olganlar orasida teletarg‘ibotchilar, taniqli shaxslar va o‘ta millatchi harbiy blogerlarning ko‘pchiligi bor.

Tanqid oliy siyosiy rahbariyatga emas, balki harbiy oliy qo‘mondonlikka qaratilgan bo‘lib qolmoqda, biroq tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu qisman toqat qiladiganlarning Rossiya tuzumidan ommaviy norozilik tendensiyasidir va uni qaytarish qiyin bo‘lishi mumkin.

Bundan oldin Putinning atrofidagi yaqin odamlaridan biri unga urush bilan bog‘liq harakatlariga qo‘shilmasligi haqida ochiq aytgani xabar berilgandi.

Washington Post’ning AQSH razvedkasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Putinga qo‘mondonlikning harbiy harakatlarni olib borishdagi xatolari va samarasiz boshqaruvi haqida aytishgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, razvedka bu ma’lumotni juda muhim deb hisoblagan va bu haqda Bayden, shuningdek, administratsiyaning boshqa muhim vakillari xabardor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada oliy harbiy qo‘mondonlikni tanqid qilish kuchaymoqda