12:41 / 09.10.2022
1 531

AQSHning Suriyadagi bazasiga raketa hujumi uyushtirildi

AQSHning Suriyadagi bazasiga raketa hujumi uyushtirildi
Foto: Anadolu
AQSH va G‘arb koalitsiyasining Suriyadagi harbiy bazasi raketa bilan o‘qqa tutildi, zarba oqibatida hech kim jabrlanmadi. Bu haqda AQSHning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi markaziy qo‘mondonligi bayonotida aytiladi.

«Raketa kompleks ichiga tushmadi. AQSH yoki ittifoqchi kuchlardan hech kim halok bo‘lmadi yoki jarohatlanmadi, hech qanday ob’ekt va jihozlarga zarar yetmadi», — deyiladi hujjatda.

Markaziy qo‘mondonlik kuchlari voqea yuzasidan tergov boshladi.

Avvalroq 7 oktabr kuni AQSH Suriyada ISHID yetakchilaridan biri Abu Hoshim al-Umaviy yo‘q qilingani haqida ma’lum qilgandi. Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, al-Umaviy jangarilarni yollab, ularni qurol-yaroq bilan ta’minlagan. U bilan birga yana ikkita terrorchi o‘ldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Suriyadagi bazasiga raketa hujumi uyushtirildi