15:27 / 10.10.2022
2 656

AQSH agar yadro quroli qo‘llansa, Putin «qonuniy harbiy nishon»ga aylanishini ma’lum qildi

AQSH agar yadro quroli qo‘llansa, Putin «qonuniy harbiy nishon»ga aylanishini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Rossiya prezidenti Vladimir Putin qachon Qo‘shma Shtatlar uchun «qonuniy nishon»ga aylanishini ma’lum qildi. Bu haqda u CBS News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Boltonning ta’kidlashicha, agar yadro qurolidan foydalanish ma’qullansa, Rossiya yetakchisi «o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi xatni imzolagan bo‘ladi». Uning aniqlik kiritishicha, Putin Rossiya armiyasi ustidan qaror qabul qilish va nazorat markazi hisoblanadi.

«Shuning uchun biz uni 'qonuniy harbiy nishon’ deb ataymiz. O‘ylaymanki, bunday hodisa yuz bersa (yadro qo‘llansa — «Daryo» izohi) Putin bizning nishonlarimiz ro‘yxatida turganini bilishi kerak», — dedi AQSH sobiq rahbari Donald Trampning sobiq maslahatchisi Balton.

Bolton, shuningdek, Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli masalasini jiddiy ko‘rib chiqishga chaqirib, vaziyatni oqilona baholash zarurligini ta’kidladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat amaldorlari va targ‘ibotchilar Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkinligiga qayta-qayta ishora qildi. 21 sentyabr kuni Putin safarbarlik boshlanishi haqidagi murojaatida Rossiya hukumati o‘z hududlarini himoya qilish uchun «ixtiyoridagi barcha vositalarni» ishga solishga tayyorligini aytdi.

AQSH prezidenti Jo Baydenning fikricha, Vladimir Putin Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida gapirganda «hazillashmaydi». Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «yaxshi» bilishini aytgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo