
Stokgolmda Shvetsiya Davlat banki tomonidan ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. 2022 yilda mukofot amerikalik iqtisodchilar Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dyubvigga «moliyaviy inqirozlar va bank ishi bo‘yicha tadqiqotlari uchun» berildi.

Foto: Twitter
2021 yilda iqtisodiyot bo‘yicha mukofot amerikalik iqtisodchilar Devid Kard, Joshua Angrist va Xido Imbensga nasib qilgan edi. Mukofot pulining yarmi Kardga, qolgan yarmi Angrist va Imbensga berilgan. Angrist va Imbens «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga qo‘shgan uslubiy», Kard esa «mehnat iqtisodiyotiga qo‘shgan amaliy» hissasi uchun mukofot bilan taqdirlangan.
Iqtisodiyot bo‘yicha g‘oliblarning e’lon qilinishi Nobel haftaligini yakunladi. Mukofotlar 10 dekabr, Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi. Odatda laureatlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021 yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli marosimlar video formatda o‘tkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar