21:35 / 10.10.2022
3 118

Hindiston politsiyasi musulmon yoshlarni ustunlarga bog‘lab kaltakladi

Hindiston politsiyasi musulmon yoshlarni ustunlarga bog‘lab kaltakladi
Hindistonning Gujarat shtatida musulmon yoshlarni "hindulik marosimiga tosh otganlik" aybi bilan ustunga bog‘lab, politsiya tomonidan kaltaklangani tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda katta aks-sadolarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda norozilik uyg‘otgan videoda xavfsizlik kuchlarining xavfsizlik xodimlari, jumladan, yuqori martabali amaldorlar ustunga bog‘langan 9 nafar musulmon erkakni omma oldida kaltaklagani ko‘rindi.

Tasvirlarda musulmonlarning tayoq bilan kaltaklanayotganini kuzatib hindular millatchilik ruhidagi shiorlarni aytishi diqqatni tortdi.

Hindistonda ingliz tilida nashr etiladigan The Milli Gazette bosh muharriri doktor Zafarul Islom Xon musulmon yoshlarni qiynoqqa solayotgan politsiya videosi bo‘yicha o‘z fikrlarini Onado‘li axborot agentligi muxbiri bilan o‘rtoqlashdi.

Islom Xonning ta’kidlashicha, Bharatiya Janata partiyasi hukumatida mamlakatda politsiya zo‘ravonligi, radikallik va uylarni buzish holatlari kundalik hodisaga aylanganini, Narendra Modi bosh vazir etib saylangan kundan buyon radikal hindu guruhlari tomonidan musulmonlarga qarshi 700 dan ortiq jinoyat sodir etilganini, ammo hech kim bunga qarshilik qilmaganini aytdi.

Bu harakatlari uchun radikal hindu guruhlariga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanilmaganini qayd etgan Xon:
"Kaltaklayotganlar oddiy odamlar emas, fuqarolik kiyimdagi politsiyachilar. Hujumlar politsiya tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Musulmon yoshlar hindlarning marosimiga tosh otganliklari aybi bilan qiynoqlar duchor bo‘ldi", deydi.

Islom Xonga ko‘ra, musulmonlarning hozirda kundalik hayotlarining har daqiqasida tahdid ostida:
"Oddiy odamlar musulmonlarga hujum qilmoqda. Politsiya jamoat joylarida, politsiya idoralari va qamoqxonalarda musulmonlarga hujum qilmoqda. Siyosatchilar musulmonlarga qarshi shiorlar aytib, radikal guruhlarni rag‘batlantirmoqda. Bunday hujumlar endi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Politsiya tomonidan ustunlarga bog‘langan va tayoq bilan qiynoqqa solingan musulmon yoshlar hindularning marosimida tosh otganlik bahonasida jazolandilar".

Musulmonlarni "o‘ldirish"ga chaqirgan gubernator “ko‘tarilib ketdi”

Islom Xonning aytishicha, musulmonlarga qarshi hujum uyushtirganlarga deyarli hech qanday jazo berilmagani uchun ham politsiya zo‘ravonligi, ham hindu guruhlarining radikalligi kun sayin ortib boryapti.

2020 yil fevral oyida shtat gubernatori Anurag Thakur saylov kampaniyasi paytida olomon oldida musulmonlarni nazarda tutib, “Bosqinlarni o‘ldiring!” deb hayqirdi. Unga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanilmadi va u gubernatorlikdan vazirlikka ko‘tarilib ketdi. Politsiya ham musulmonlarga qilgan hujumlari uchun jazo emas, balki dalda va martaba oladi. Hukumat buni ochiq aytmasa-da, aslida bu ularning siyosati. Hindu millatchi hukumatimiz siyosatini “Hindularni yuqori tabaqa, musulmonlarni esa ikkinchi darajali fuqarolar” deb tushunish mumkin”, deydi The Milli Gazette bosh muharriri.

Musulmonlar nafaqat jismoniy zo‘ravonlikka, balki mulklari ham juda oddiy sabablarga ko‘ra vayron etilyapti:
"Agar bir musulmon bir hindu bilan janjallashsa, o‘sha hindu politsiya va buldozer bilan borib, musulmonning uyini buzib tashlashi mumkin. Kechagina bir musulmonning uyi ana shunday sabab bilan vayron qilindi. Musulmonlar qurbon bo‘lgach, qandaydir yo‘l bilan ishni sudga yetkazishga muvaffaq bo‘lishsa ham, jinoyatchilar yo jazolanmaydi yoki atigi bir-ikki hafta qamoqda qoladi", deydi Islom Xon taassuf bilan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti va Hindiston parlamenti a’zosi ham Twitter’da politsiyaning qiynoqlarini qoraladi.

Hodisadan bir kun o‘tib Xalqaro Amnistiya tashkiloti Twitter’da shunday yozdi:
Gujarat politsiyasining musulmon erkaklarni ustunga bog‘lab kaltaklash uchun tayoq kabi asboblardan foydalanishi inson huquqlarining jiddiy buzilishi va qonun ustuvorligini mensimaslikdir. Sizga eslatib o‘tamiz, bu huquqni muhofaza qilish organlarining harakati emas. Bu holatda politsiya qonuniylik, zarurat, mutanosiblik va javobgarlik tamoyillariga e’tibor bermagan”.

Hindiston parlamentining quyi palatasi Lok Sabhada 4 muddatdan beri Haydarobod saylov okrugidan vakillik qilgan musulmon parlamentariy Asaduddin Ovaysiy Twitter’da shunday fikr qoldirdi:
Har kuni ommaviy radikallashuv misollari ko‘paymoqda. Politsiya qiynoqlari va mafiya zo‘ravonligi keng tarqaldi. Musulmonlarga qarshi maqsadli zo‘ravonlik oddiy holga aylandi”.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo