Foto: TASS
Shveysariya federal sudi Rossiyaning apellyatsiya arizasini rad etdi va mamlakat gardaniga sobiq YUKOS guruhining Yukos Capital Sarl shirkatiga 2,63 milliard dollar to‘lash majburiyatini yukladi.
O‘tgan yil iyul oyida Xalqaro arbitraj sudi Yukos Capital Sarl shirkati foydasiga 5 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lanishi haqida qaror chiqargandi. Avgust oyida esa Rossiya tomoni shirkatni maxfiylik tartibini buzishda ayblab apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan. Pirovardida Shveysariya federal sudi Moskvaning bu talabini inobatga olmadi.
Aslida, Yukos Capital va Rossiya hukumati o‘rtasida sudlashuv 2013 yilda boshlangan. Shirkat rasmiy Moskvaning qarori bilan YUKOS tugatilgani va kasodga uchraganini da’vo qilib, 13 milliard dollar tovon puli so‘ragan.
YUKOS shirkatiga 1993 yilda taniqli tadbirkor Mixail Xodorkovskiy asos solgan. Xodorkovskiyning o‘zi 2003 yil 25 oktabrda mablag‘ o‘zlashtirish va soliqdan bo‘yin tovlash aybi bilan hibsga olingan. Qamoqqa olingan paytda Xodorkovskiy dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan. Uning boyligi o‘sha vaqtda 15 milliard dollar deb baholangan. 10 yil qamoqda o‘tirgan Xodorkovskiy 2013 yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan afv etilgan. Xorijga chiqib ketgan tadbirkor keyinroq Putinning ashaddiy tanqidchisiga aylangan.
Xodorkovskiyning hibsga olinishi ortidan YUKOS neft konserni faoliyatini to‘xtatgan. Shirkatning aksar aktivlari shubhali kimoshdi savdolari orqali “Rosneft” konserniga o‘tgan.
Shveysariyadagi sud YUKOSning tugatilishiga oid tortishuvlarning bir qismi, xolos. 2014 yil iyul oyida Haagadagi hakamlik sudi palatasi Rossiya YUKOSning sobiq aksiyadorlari bo‘lgan Hulley Enterprises, Veteran Petroleum va Yukos Universal shirkatlariga 50 milliard dollar tovon puli to‘lashi lozimligi haqida qaror chiqargan. Hakamlik sudi Rossiya 2000-yillar boshida YUKOS shirkati kasodga uchrashi uchun ma’muriy choralar ko‘rgan deb topgan. Ushbu hukm bir necha bor bekor bo‘lgan va qayta kuchga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi