
Qozog‘istonda prezidentlik uchun 12 nomzod kurash olib boradi. Bu haqda Respublika Markaziy Saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Nomzodlarning 5 nafari to‘liq tekshiruvdan o‘tgan va barcha talablarga mos deb topilgan. Qolgan nomzodlar tekshirilmoqda.
Nomzodlar quyidagilar:
1. Qarakat Abden — “Ijtimoiy ishchilar milliy alyansi” Respublika jamoatchilik birlashmasidan;
2. Jumatay Aliyev — "Xalq demografiyass" jamoat birlashmasidan
3. Nurjan Altayev — “Muqalmas” respublika jamoat birlashmasidan;
4. Nurlan Auyesbayev — Umummilliy sotsial-demokratik muxolif partiyasidan;
5. Fatima Bizakova — “Amaliy Psixologiya” respublika jamoat birlashmasidan;
6. Xayrulla Gabjalilov — “Asar” o‘ralmonlar birlashmasidan;
7. Jiguli Dayrabayev — “Auil” xalq-demokratik vatanparvarlar partiyasidan;
8. Talgat Yergaliyev — Qozog‘iston quruvchilar ittifoqidan;
9. Bakit Janabayev — “Qozog‘iston havaskor futbol ixlosmandlari” jamoat birlashmasidan;
10. Meyram Kajiken — “AMANAT” respublika kasaba uyushmalari birlashmasidan;
11. Qosim-Jo‘mart Toqayev — ijtimoiy-siyosiy kuchlar xalq koalitsiyasidan;
12. Saltanat Tursinbekova — "Qazaq analari – Dәstүrge jol" respublika jamoat birlashmasidan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar