date
views 1 978

Latifabop «jinoyat» ortidan yolg‘iz ota qamaldi

Latifabop «jinoyat» ortidan yolg‘iz ota qamaldi
Go‘yo ukraincha qo‘shiq eshitgani uchun Anton Usovga nisbatan sud qarori: 15 sutka qamoq va 50 ming rubl (taxminan 9 mln so‘m) jarima!

24lifeblog.com internet nashri xabar berishicha, voqea 12 oktabr kuni Moskva shahrida sodir bo‘lgan. Yo‘l patrul xizmati xodimlari avtomobilni boshqarib borayotgan poytaxtlik Anton Usovni to‘xtatishgan.

Politsiya xodimlari ko‘rsatma berishicha, mashina ichidan ukraincha qo‘shiq yangragan. Shunda ikki tomon o‘rtasida bahs yuzaga kelgan. Haydovchini avvaliga shahar politsiya bo‘limiga olib kelishgan, shu yerda ikkita protokol tuzilgan. U politsiya talablariga bo‘ysunmaganlik va Rossiya armiyasining Ukrainadagi xatti-harakatlarini «obro‘sizlantirganlik» moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Suddan so‘ng Usovni «Mnevniki» qamoqni o‘tash manziliga jo‘natishgan.

Qaramog‘ida 4 nafar farzandi bo‘lgan sudlanuvchi yolg‘iz ota ekani xabarda ta’kidlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latifabop «jinoyat» ortidan yolg‘iz ota qamaldi