
Bu haqda Rossiyadagi huquq faoli Olga Romanova telegram kanalida ma’lum qildi. Uning yozishicha, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan markaziy osiyolik, shuningdek, Ozarbayjon va belaruslik mahbuslar urushga jalb qilinayotgani haqida ommaviy murojaatlar tushmoqda.
«O‘tgan haftada Yaroslavldagi zonalarda o‘tirgan o‘zbekistonlik to‘rt fuqaroni olib qololdik. Ular chet ellik axir! Bugun oqshom esa Boshqirdistondagi qamoqda o‘tirgan o‘zbeklarning qarindoshlari bizga murojaat qilishdi. Ularni olib ketishibdi», — deb yozdi Romanova.
Huquq faolining qo‘shimcha qilishicha, chet el fuqarolarning urushda halok bo‘lgani haqidagi ma’lumot ortidan ham murojaat bo‘lgan:
«Urushda o‘lgan belaruslik mahkumning singlisi akasini vatanida dafn qilish uchun uning jasadini «Vagner» XHSHdan ololmayapti. Bu yerda hech qanaqa pul, hech qanaqa tovon haqida gap ham ketmayapti».
Olga Romanova jamg‘armaga O‘zbekiston elchixonasi aloqaga chiqqani ortidan hamkorlikda ish boshlashganini ta’kidlaydi.
«Siz-chi, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston elchixonalari, fuqarolaringizni nega ukrainlarni o‘ldirishga yuborayotgani bilan qiziqmaysizmi?» — deya u boshqa davlatlar elchixonalariga murojaat qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar