06:00 / 14.10.2022
1 027

Iroq parlamenti yangi prezidentni sayladi

Iroq parlamenti yangi prezidentni sayladi
Foto: AP
Iroq parlamenti sakkiz oy davom etgan siyosiy inqirozdan keyin yangi prezidentni saylashga muvaffaq bo‘ldi.

Abdullatif Rashid Iroqning navbatdagi prezidenti bo‘ldi, uning nomzodini parlamentning ko‘pchilik deputatlari qo‘llab-quvvatladi.

Rashidning saylovdagi asosiy raqibi amaldagi davlat rahbari Barham Solih edi. Shuningdek, lavozimga Kurdiston ichki ishlar vaziri Reber Ahmad ham da’vogar edi, biroq, u o‘z nomzodini qaytarib oldi.

Rashid 78 yoshda. 2003-2010 yillarda suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgan. 2010 yildan buyon Iroq prezidentining katta maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Iroq — parlament respublikasidir. Prezident asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. U parlament a’zolari tomonidan to‘rt yilga saylanadi.

Iroqda prezident saylovi parlamentning birinchi majlisi o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy ichida bo‘lib o‘tishi kerak. Mamlakatda parlament saylovlari 2021 yil oktabr oyida o‘tkazildi, parlamentning birinchi majlisi 9 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Prezident 7 fevral kuni saylanishi rejalashtirilgan edi, biroq parlament deputatlari kelishuvga erisha olmadi va bir qancha partiyalar yig‘ilishni boykot qilishdi.

Prezidentning yo‘qligi, o‘z navbatida, hukumatni shakllantirish jarayonining kechikishiga olib keldi. Parlament saylovlaridan keyin Iroqda siyosiy inqiroz boshlandi. Gap shundaki, saylovlardan keyin yangi bosh vazir ham saylanishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi. Saylovlarda eng ko‘p ovozni muxolifatchi siyosatchi va shia voizi Muqtado as-Sadr partiyasi qo‘lga kiritdi. U o‘z navbatida boshqa siyosiy kuchlar bilan bosh vazir masalasida kelisha olmadi. Natijada o‘sha paytdagi bosh vazir Mustafo al-Qozimiy o‘z lavozimida qoldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo