Saudiyada teraktning oldi olindi

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari juma kuni terakt uyuushtirishni rejalashtirayotganlikda gumonlanayotgan ikki shaxsni o‘ldirib, teraktning oldini olishdi. Bu haqda Frans Press agentligi mamlakat IIVga tayanib, xabar bermoqda, deyiladi "Darakchi" nashrida
Xavfsizlik kuchlar Asir okrugida aylanib yurgan ikki avtomobilni kuzatishdi. IIV xabar qilishlaricha, mashinalardan birida portlovchi moslama bo‘lgan. Ularni kuzatishayotganini payqagan avtomobil haydovchilari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata o‘q uzgan, shundan so‘ng quvg‘in boshlangan. Voqea joyiha xavsizlik kuchlariga qarashli vertolyot jalb etildi. Bir muddat o‘tgach, g‘arazgo‘ylar mashinadan chiqib qochishdi, mashina esa portlab ketdi.
Taslim bo‘lishni istamagan ikki nafar gumonlanuvchilar otishma davomida otib o‘ldirildi. Tahmin qilinayotgan terrorchilarning shaxsi aniqlanmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing