
Kecha 17 oktabr kuni Eronning Kiyevdagi elchixonasi oldida ukrainaliklar ishtirokida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Eron dronlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilgan.
Kiyev bo‘ylab Eronning Shahed-136 kamikadze dronlaridan berilgan ko‘plab zarbalar natijasida shaharning bir qancha hududlari jiddiy zarar ko‘rgan, tinch aholi orasida qurbonlar ham bor.
Dronlar ko‘p uchirilgani bois Ukrainaning havo hujumiga qarshi tizimlari ularning hammasini ham ushlashga ulgurmadi.
Eron esa ikki o‘rtada mo‘may daromad ishlash maqsadida Rossiyaga nafaqat harbiy dronlar, shuningdek uzoq masofadagi nishonlarni urishga mo‘ljallangan raketalarni ham yetkazib bermoqda.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eron Moskvaga Shahed-136 kamikadze-dronlarini yetkazib berish orqali Rossiyaning Ukraina davlati hududidagi harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabar bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar