
Mudofaa qo‘mitasining o‘rinbosari Viktor Sobolev Davlat Dumasiga e’tiqodlari tufayli qurol ko‘tara olmaydigan dindorlar uchun safarbarlik davrida muqobil xizmat masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilgan Butunjahon staroverlar ittifoqi raisi Leonid Sevastyanovga javob berdi. Deputat «Gazeta.Ru» bilan suhbatda hozirgi sharoitda bunday xizmat turini nomaqbul deb atagan.
«Na qonunlarda, na boshqa qonun hujjatlarida, na siyosiy normalarda, menimcha, bunday bo‘lishi mumkin emas. Qanday diniy e’tiqodlar bo‘lmasin, Vatanni himoya qilish kerak. O‘ylaymanki, kollektiv G‘arb Rossiyani yo‘q qilish uchun bizga qarshi urush e’lon qilgan hozirgi sharoitda buni qabul qilib bo‘lmaydi. Agar ular hozir Rossiyani himoya qilishni istamasalar, davlatsiz qolishi mumkin.
Menimcha, bu prinsipial jihatdan bo‘lishi mumkin emas, qandaydir insoniy me’yorlar bo‘lishi kerak. Agar jangchi uquvsiz bo‘lsa, u bizning qo‘shinlarimiz uchun bo‘tqa pishirsin. Frontda ish topiladi: harbiy-texnik jihozlarni tanlash ham, ovqat pishirish ham. U yerda qo‘shinlarimiz harakatlarini ta’minlovchi ko‘p ishlar bor», — degan u.
Sobolev, shuningdek, staroverlar raisiga «tinchlanishni» maslahat berib rus qo‘shinlarida qo‘liga qurol tutmaydigan harbiy xizmatchilar borligini ta’kidlagan.
“Qurolli kuchlarda, jumladan, jangovar bo‘linmalarda qo‘lda qurol tutmaydigan muqobil xizmat mavjud. Ular safarbarlikka kelishsin. Qo‘lidan kelsa ovqat pishirsin. Ular qurollanmagan, shuning uchun u [Leonid Sevastyanov] tinchlansa ham bo‘ladi", - deya xulosa qilgan deputat.
Avvalroq Butunjahon staroverlar ittifoqi raisi Leonid Sevastyanov Davlat Dumasidan qisman safarbarlik davrida diniy e’tiqodga ko‘ra muqobil xizmat masalasini ishlab chiqishni so‘ragan edi.
«Konstitutsiyada mamlakatning har bir fuqarosi qo‘liga qurol olishdan bosh tortish, o‘rniga Vatan oldidagi qarzini boshqa biron-bir xizmat yoki mehnat bilan qaytarish huquqi tasdiqlangan», - degan u.
Sevastyanov o‘z murojaatida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 59-moddasiga ishora qilgan. Unda aytilishicha, Rossiya fuqarosi harbiy xizmatni o‘tash uning e’tiqodi yoki diniga zid bo‘lsa, shuningdek federal qonun bilan belgilangan boshqa hollarda muqobil fuqarolik xizmatini bajarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar