
Kirill Stremousov
Foto: «RBK»
Ukraina armiyasi tez orada anneksiya qilingan Xersonga qarshi hujum boshlaydi. Xerson vitse-gubernatori Kirill Stremousov tinch aholiga mintaqaning o‘ng qirg‘oq qismini tark etishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
«Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb tomonidan otlantirilgan ukronatsistlar yaqin orada Xerson shahriga hujum boshlaydi», — dedi Stremousov o‘zining Telegram-kanalida.
Uning ta’kidlashicha, «Xerson shahrining hamda Xerson viloyatining o‘ng qirg‘oq qismi o‘qqa tutilishi istisno qilinmayapti».
«Tez orada Xerson uchun jang boshlanadi. Tinch aholiga keraksiz xavf-xatarga duchor bo‘lmaslik uchun, iloji bo‘lsa, yaqinlashib kelayotgan shafqatsiz jangovar harakatlar hududidan ketish tavsiya etiladi», — deya qo‘shimcha qildi u va aholidan uning so‘zlarini jiddiy qabul qilishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar