23:20 / 20.10.2022
1 539

Putin urush boshidan buyon ilk marta poligonga borib, snayperdan otib ko‘rdi

Putin urush boshidan buyon ilk marta poligonga borib, snayperdan otib ko‘rdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlik doirasida Rossiya armiyasiga jalb qilinganlarning frontga tayyorlanish jarayoni bilan tanishish maqsadida Ryazan viloyatidagi poligonga bordi.

G‘arbiy harbiy okrugdagi safarbar qilinganlar sharoiti bilan tanishgani borgan Putin o‘q otish kompleksida ham bo‘ldi. U yerda safarbar qilingan rossiyaliklar bilan gaplashib, ular qayerdan kelgani bilan qiziqdi.

Putin mashq maydonida snayper miltig‘idan otib ko‘rdi. Bu holat Rossiya davlat kanallaridagi lavhalarda ko‘rsatildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu «Dragunov» miltig‘i bo‘lgan.

8 oydan buyon davom etayotgan urush vaqtida Putin ilk marta harbiy poligonga borib, harbiylar bilan uchrashdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo