date
views 1 668

Alisher Usmonov o‘zini oligarx deb hisoblamasligini ma’lum qildi

Alisher Usmonov o‘zini oligarx deb hisoblamasligini ma’lum qildi
Foto: Bloomberg
Alisher Usmonov Germaniyaning Weltwoche nashriga bergan intervyusida o‘zini oligarx deb hisoblamasligini aytib, Germaniyadagi villalarida o‘tkazilgan tintuvlarga izoh berdi.

- Oligarx bu — davlat bilan aloqalar orqali pul topadigan va bu aloqalardan davlatga ta’sir o‘tkazish uchun foydalanadigan shaxs. Bu men bilan hech qachon sodir bo‘lmagan. 80—90 yillarda Gorbachyovni ham, Yelsinni ham tanimay, boyligimning poydevorini qo‘yganman. Xususiylashtirishda ham qatnashmadim, — deydi milliarder.

Alisher Usmonov uyidagi tintuvlardan hayratlanganini ham ta’kidlagan.

- Qiziq, nega shuncha yillardan keyin menga qarshi da’volar to‘satdan paydo bo‘ldi? Ochig‘i, bu ayblovlar siyosiy asosga egadek, — deydi Usmonov.

Sentyabr oyida Germaniyada Usmonovga aloqadorligi aytilayotgan 24 ta joyda tintuv o‘tkazilgan. Unga nisbatan sanksiyalarni buzganlikda gumon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Alisher Usmonovning kompaniyasi Moskvadagi «Safisa» restoranini sotib yuborgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov o‘zini oligarx deb hisoblamasligini ma’lum qildi