14:00 / 23.10.2022
1 783

Qozog‘iston prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun olti nafar nomzodga ruxsat berildi

Qozog‘iston prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun olti nafar nomzodga ruxsat berildi
Qozog‘istonda 2022 yilning 21 oktabr kuni soat 18:00da mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish yakunlandi.

Bu vaqtga kelib Markaziy saylov komissiyasi olti nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi:

Qosim-Jomart Toqayev — amaldagi davlat rahbari.
Nurlan Auesbayev — muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiya (MSDP) vakili.
Meyram Kajiken — «Amanat» kasaba uyushmalari respublika assotsiatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod.
Jiguli Dayraboyev — «Auil» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan nomzod.
Karakat Abden — «Professional ijtimoiy ishchilar milliy alyansi» Respublika jamoat birlashmasidan nomzod.
Saltanat Tursinbekova — «Qazaq analari – dәstүrge jol» respublika jamoat birlashmasidan nomzod.

Shuningdek, quyidagi nomzodlarga prezidentlikka nomzodlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermagani sababli Markaziy saylov komissiyasi saylovda qatnashishga ruxsat bermadi:

Xayrulla Gabjalilov — «Asar» og‘zaki ijodkorlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod.
Talgat Yergaliyev — Qozog‘iston quruvchilar uyushmasidan nomzod.
Fotima Bizakova — Respublika «Amaliy psixologiya» jamoat birlashmasidan nomzod.
Baxit Janabayev — «Qozog‘iston futbol muxlislari ligasi» jamoat birlashmasidan nomzod.
Nurjan Altayev — «Muqalmas» respublika jamoat birlashmasidan nomzod.
Jumatay Aliyev — «Xalq demografiyasi» nodavlat tashkiloti tomonidan ko‘rsatilgan.

«Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan, 20 noyabrga belgilangan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 21 oktabr soat 18:00da yakunlandi», deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo