00:23 / 24.10.2022
2 165

Ukrainadagi urushning 241-kuni: Janglar ketayotgan Baxmut, zulmatda qolgan Mikolayiv (foto)

Ukrainadagi urushning 241-kuni: Janglar ketayotgan Baxmut, zulmatda qolgan Mikolayiv (foto)
Ukraina hukumati mamlakat g‘arbidagi energetika ob’ektlariga rossiyaliklarning raketa hujumlari ro‘y berganini ma’lum qildi. Uning ko‘lami 10-12 oktabr kunlari qilingan hujum oqibatlariga «teng yoki undan ortiqroq». Qariyb bir yarim million kishi elektr ta’minotidan uzilgan.

23 oktabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar yana bir bor Mikolayiv va Zaporijjyani o‘qqa tutishgan. «Mediazona» va BBC rus xizmatiga ko‘ra, Ukrainadagi urush boshidan buyon 7822 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi o‘limi nomma-nom tasdiqlangan. So‘nggi bir oyda safarbar qilinganlardan kamida 41 nafari halok bo‘lgan.

Quyida 23 oktabr, urushning 241-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi janglar

Rossiyaliklar Baxmutni o‘qqa tutishi oqibatida ko‘tarilgan tutun ustuni. Oktabr oyida Ukraina va Rossiya kuchlari parallel yurishlarini davom ettirmoqda. «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi otryadlari Baxmutning janub va sharqidagi hududlarga yorib kirgan, bu vaqtda Ukraina qurolli kuchlari ham Xarkiv va Luhansk oblastlari chegarasida ilgarilamoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA


Ukrainlarning Su-25 qiruvchi samolyoti Baxmut atrofida raketa hujumidan himoyalanmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA


Baxmut yaqinida o‘ziyurar artilleriya qurilmasini boshqarayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA


Ukrainalik harbiy Baxmut yaqinida o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida tibbiy yordam ko‘rsatilishi

Harbiy vrach Natalya Lelyux yaqinda Ukraina tomonidan ozod etilgan Sinichino qishlog‘iga dori-darmon yetkazib bermoqda. Sinichino 2022 yil sentyabrida Ukraina armiyasining qarshi hujumi natijasida qaytarib olingan Izyum yaqinida joylashgan
Carl Court / Getty Images


Vrach Natalya Lelyux Xarkiv oblastining Kamenka qishlog‘ida mahalliy aholi vakillaridan birini ko‘rikdan o‘tkazish arafasida. Kamenka ham Izyum atrofidagi qishloqlardan biri.
Carl Court / Getty Images


Sinichino qishlog‘ida yashovchilardan biri tibbiy brigada tashrifi vaqtida
Carl Court / Getty Images


Sinichinoda yashovchi kasalmand kishi armiya tibbiy xodimlari brigadasidan yordam olmoqda
Carl Court / Getty Images


Harbiy vrach Natalya Lelyux va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shifokori Tatyana Timoshenko Kamenki qishlog‘i aholisi bilan suhbatda
Carl Court / Getty Images


Sinichino qishlog‘ida yashovchi ayol armiya tibbiy xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqda.
Carl Court / Getty Images

Mikolayivda otishmalardan keyingi hayot

Mikolayivda yashovchi Tatyana Goncharova Rossiya tomonidan shu kunlarda shaharga berilgan aviazarba oqibatida shikastlangan kvartirasi oldida. Mikolayiv o‘qqa tutilishi davom etmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Mikolayvlik kishi oynalari to‘kilib ketgan balkonda mix qoqmoqda. Region tinimsiz zarbalarga duchor bo‘lmoqda — 23 oktabrga o‘tar kechasi Mikolayiv oblastiga Shahed-136 tipidagi kamikadze dronlar hujum qilgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Mikolayivlik ayollar ichimlik suvi olib qaytmoqda. Shaharni suv bilan ta’minlovchi magistral quvur urush boshidayoq shikastlangan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Bolalar bog‘chasi xodimi o‘choqda ovqat qilmoqda. Rossiya tomonidan tinimsiz zarbalar tufayli shahar elektr ta’minotidan uzilgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Shahar raketa zarbalari tufayli elektrsiz qolgan sharoitda World Central Kitchen jamoat tashkiloti ko‘ngillilari Mikolayivdagi shifoxonalar bemorlari va mahalliy aholi uchun taom tayyorlamoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Mikolayivlik kishi elektr energiyasi o‘chgan mahalda qorong‘i kafeda limonad ichmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


Tug‘urqxona xodimi rossiyaliklar zarbalari tufayli tok o‘chgan mahalda bemorlarga yegulik tarqatmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo