21:45 / 24.10.2022
2 648

Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak aslida kim?

Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak aslida kim?
Foto: Anadolu Agency
Britaniya rahbarligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun qo‘yilgan nomzodlarning birin-ketin kamayib borishi ortidan yagona nomzod sifatida qolgan Rishi Sunak haqidagi ayrim qiziqarli faktlar bilan tanishamiz:

Rishi Sunak va Narayana Merti
Sunak kelib chiqishi jihatidan hindistonlik, lekin Londonda tug‘ilgan. Badavlat oiladan chiqqan va hatto yoshligida do‘stlari umuman bo‘lmaganini aytadi.

U hindistonlik yirik tadbirkorning merosxo‘ri Narayana Merti bilan turmush qurgan. Uning boyligi Britaniya toji (toj va undagi qimmat (zargarlik) buyumlarni pulga chaqilgandagi qiymati)dan yuqori ekani taxmin qilinmoqda.

U Oksford va Stenfordni tamomlagan, keyin Goldman Sachs va Bolalar investitsiya fondida ishlagan. Ikkinchisining egasi «Yo‘q bo‘lish qo‘zg‘oloni» ekologik radikallarining asosiy homiysi sifatida tanilgan, ammo Sunakning o‘zi asosan Jonsonning iqlim siyosatiga aralashib, har bir budjet arbobi uchun kurashgan.

Ko‘pchilik koronavirus va energiya inqirozi davrida samarali ishladi deb hisoblagani tufayli u partiyadagi eng malakali iqtisodchi hisoblanadi. Trass muhokamasi paytida u soliqlarni kamaytirmasligini ochiq aytdi, bunga iqtisodiyotni o‘ldiradigan sabab sifatida qarashini ta’kidladi. Natijada partiya a’zolari muvaffaqiyatsiz «Thatcher 2.0»ni lavozimidan ozod etib, Sunakning haq ekanligiga ishonch bildirishdi.

U haqida ma’lum narsalardan yana biri — Sunak bosh vazirlikka nomzodlar orasida eng vazmini hisoblanib, hatto Rossiya bilan ham bilvosita aloqaga ega. Undan tashqari, Trass va Jonson kabilar bilan bir qatorda mudofaa vaziri Ben Uolles bilan xayrlashish ehtimoli ham bor — u va Sunak o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar ro‘y bergan. Biroq mamlakat ichki muammolarni hal qilish bilan to‘liq shug‘ullangan bo‘lsa-da, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Britaniya elitasi o‘rtasida konsensus bo‘lib qolgani sababli Sunak xohlasa ham buni to‘xtata olmaydi.

U savdo-sotiq maqsadida Xitoy bilan mojaro darajasini kamaytirishga chaqirdi. Biroq Trass bilan bahs-munozaralar davomida u o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirishga va Britaniyadagi Xitoyning yumshoq kuch tarmog‘i bo‘lgan Konfutsiy institutini yopishga chaqirishga majbur bo‘ldi.

Aksariyat deputatlarning qo‘llab-quvvatlashi jiddiy yutuqdir, shu sababdan Sunakning pozitsiyasi Trassnikidan kuchliroq deb tan olindi. Biroq fraksiyaning muhim qismi va oddiy a’zolarning deyarli ko‘pchiligi Jonsonni ag‘darishda ishtirok etgani uchun unga juda salbiy munosabatda bo‘lishadi.

Boris Jonson va Rishi Sunak London, 2020 yil 26 iyun.
Foto: NBC News

Bundan tashqari, Sunakning hozirgi iqtisodiy inqirozni va Konservatorlar leyboristlardan 38 foiz ustunligini saylovga bir yildan ozroq vaqt qolganida oldini olishga salohiyati yetadimi, bu ham katta savol. Uning uchun asosiy xavf — inqiroz sababli o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘yish va bir yilga bormay, bosh vazirlikdan iste’foga chiqish. Demak, ana o‘shanda Jonsonning qaytishi oldidagi asosiy to‘siq ham yo‘qoladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo