23:57 / 24.10.2022
1 786

Britaniyaning yangi bosh vaziri aniq bo‘ldi

Britaniyaning yangi bosh vaziri aniq bo‘ldi
Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasi rahbari Penni Mordont Buyuk Britaniya bosh vaziri va Konservatorlar partiyasi rahbari saylovidan o‘z nomzodini qaytarib oldi. Shunday qilib, Rishi Sunak yangi bosh vazir bo‘ladi.

«Biz navbatdagi bosh vazirimizni tanladik. Bu qaror tarixiy bo‘lib, partiyamizning xilma-xilligi va iste’dodidan yana bir bor dalolat beradi. Men Rishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», - degan Mordont bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi konservativ hukumat britaniyaliklar manfaati yo‘lida hamkorlik qilish uchun mamlakat va yangi bosh vazir oldida birlashishi kerak.

«Bizda qiladigan ishlar ko‘p», deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya parlamenti Konservatorlar partiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi Rishi Sunak uchun ovoz bergani xabar qilingandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, bosh vazir saylovlari o‘tkazilmaydi, chunki Sunakning bu lavozim uchun kurashda raqiblari yo‘q. Boris Jonson o‘z nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo