3 861
Bishkekda Kampirobod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Skrinshot: YouTube
Bishkekda Kampirobod suv omborining berib yuborilishiga qarshi tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Marsh ishtirokchilari Ala-Too maydonigacha yurib borib, u yerda suv omborining berilishiga qarshi petitsiyani imzoladi. Bu haqda «24.kg» xabar bermoqda.
Miting chog‘ida ishtirokchilar suv omborini O‘zbekistonga berish haqidagi qarorni bekor qilishga da’vat etuvchi shiorlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Yig‘ilganlar, shuningdek, avvalroq qo‘lga olingan faollarni ozod etishni va siyosiy ta’qiblarni to‘xtatishni talab qilgan.
«Kampirobod bizniki, repressiyalar to‘xtasin!» — degan ishtirokchilar.
Namoyishchilarning asosiy talablari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- Kampirobod suv ombori va uning hududi Qirg‘iziston balansida qolishi kerak.
- Kampirobod suv omborini ayirboshlash, delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha masalalar va ishlar to‘xtatilishi kerak. Bitim ratifikatsiya qilinmasligi kerak.
- Delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha davlat komissiyasi qaytadan tuzilishi kerak.
- Delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha protokollar inventarizatsiya qilinishi kerak va jamoatchilik uchun e’lon qilinishi shart.
- Siyosiy ta’qiblar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
Hujjat prezident ma’muriyatiga, Jogorku Keneshga va vazirlar mahkamasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Ta’kidlanishicha, aksiyada 200 dan 300 nafargacha odam qatnashgan.
2022 yil 22 oktabr kuni Kampirobod suv omborini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mita tuzilgandi, unga faollar, siyosatchilar va parlament deputatlari kirgan. O‘sha kuniyoq prezident Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida Kampirobod bo‘yicha mitinglar ortida kimlar turgani haqida hukumat ma’lumotga ega ekanini aytgandi.
23 oktabr kuni ommaviy hibsga olishlar boshlandi. Ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishda gumonlanib, 20 dan ortiq siyosatchilar, faollar va blogerlar qo‘lga olindi. Ularning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. 24 oktabr kuni Bishkek sudi ularning ko‘pchiligini 2 oyga hibsga oldi.
Masala tarixi
Ikki davlat o‘rtasida 2021 yil mart oyida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bir qator chegaraoldi uchastkalari, xususan, Ungar-Too tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston Kampirobod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 gektarlik maydon ham O‘zbekistonga o‘tgan. Qirg‘iziston buning evaziga O‘zgan tumanining chegaraoldi qismidan 50 gektar yer olgan.
O‘zbekiston nashrlari bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari va qo‘shni mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga tayanib xabar bergan. O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Qirg‘izistonning Qorasuv tumani Savay qishlog‘i aholisi 2021 yil 14 aprel kuni Kampirobod suv omborining 50 gektari O‘zbekistonga berilishiga qarshi muddatsiz norozilik aksiyasini boshladi. Oqsoqollar hukumatning xatti-harakatlaridan, yer almashish bo‘yicha batafsil axborot yo‘qligidan va bunda mahalliy aholi fikri inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan. Aholining fikricha, bu almashinuv Qirg‘iziston manfaatlariga zarar keltiradigan ko‘rinishda amalga oshirilgan.
Bishkek1, Kampirobod suv ombori1, Namoyish1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi