
Isroil kuchlari mamlakat janubidagi Najaf sahrosida Falastin badaviylari yashaydigan Arakib qishlog‘ini yana bir marta buzib tashladi va ko‘plab odamlar boshpanasiz qoldi.
Arakib mudofaa qo‘mitasi a’zosi Aziz at-Turiyning ma’lum qilishicha, Isroil kuchlari 208-marta bosqin uyushtirgan qishloqni vayron qilgan. Turiyning aytishicha, aholi o‘z qishloqlarini qayta quradi.
Isroil birinchi marta 2010 yil iyulida vayron qilgan Arakib qishlog‘ida 80 dan ortiq Isroil fuqarolari va falastinliklar yashaydi.
Tel-Aviv ma’muriyati qishloq "noqonuniy ravishda tashkil etilgan va buzib tashlanishi kerak" deya iddao qilmoqda. Qishloq aholisi esa bu yerlar Isroil davlati barpo etilishidan ancha oldin bobolaridan meros bo‘lib qolganligini ta’kidlaydi.
Qishloq aholisi uylarini qayta tiklayveradi
Qishloq aholisi Isroil kuchlari tomonidan har bir buzg‘unchi harakatlaridan keyin uylarini yog‘och va plastmassa materiallar bilan qayta qurish orqali qarshiliklarini davom ettirmoqda.
Najaf mintaqasidagi boshqa qishloqlarda bo‘lgani kabi Arakibga elektr va suv kabi majburiy xizmatlar ko‘rsatmagan Isroil mintaqada yashovchi falastinliklarning yer egalik huquqini tan olmaydi.
Falastin manbalariga ko‘ra, Tel-Aviv ma’muriyati hozirgacha 220 ming falastinlik yashaydigan Najaf cho‘lining 12 million akr maydonining 11 million akrini o‘zlashtirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar