
Foto: «RBK»
Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Shisoku Embalo Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevda o‘tkazgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariga xabar yetkazishni so‘raganini aytdi. Video Zelenskiyning Telegram’dagi kanalida e’lon qilingan.
«Kecha men Rossiyada prezident Putin bilan birga edim. U mendan sizga xabar berishimni, siz bilan gaplashishimni iltimos qildi», — dedi Embalo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xabar Rossiya-Ukraina muzokaralari zarurligi haqida. Gvineya-Bisau prezidenti Afrikaga oziq-ovqat yetkazib berishni davom ettirish uchun ayniqsa muloqot muhimligini ta’kidladi.
Zelenskiy muzokaralar uchun «infratuzilmalar portlatilmasligi» zarurligini aytdi. (10 oktabrdan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina ob’ektlariga, jumladan, energetika ob’ektlariga ham hujum qilmoqda).
Ma’lumot o‘rnida, Putin va Embalo 25 oktabr, seshanba kuni Moskvada uchrashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar