08:42 / 28.10.2022
891

Bu rekord. Apple'ning yillik moliyaviy natijalari — u qariyb 400 mlrd dollar ishlagan

Bu rekord. Apple'ning yillik moliyaviy natijalari — u qariyb 400 mlrd dollar ishlagan
Foto: iphones.ru
Apple kompaniyasi 2022 yilning uchinchi choragi uchun hisobotni e’lon qildi. Bu AQSHda to‘rtinchi moliyaviy chorakka to‘g‘ri keladi. Kompaniya shuningdek moliyaviy yil (2021 yilning 1 oktabridan 2022 yil 30 sentyabrigacha) natijalarni ham sarhisob qildi.

Kompaniyaning chorak ichidagi tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga o‘sgan va 90,1 mlrd dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetgan. Sof foyda 20,7 mlrd yoki har bir aksiyaga 1,29 dollardan tushgan.

Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
  • iPhone: 42,63 mlrd dollar;
  • Mac: 11,51 mlrd dollar;
  • iPad: 7,17 mlrd dollar;
  • Olib yuriladigan qurilmalar, uy uchun gadjetlar va aksessuarlar: 9,65 mlrd dollar;
  • Servislar: 19,19 mlrd dollar.

«Sentyabr choragidagi bizning rekord ko‘rsatkichlarimiz murakkab va beqaror makroiqtisodiy fonga qaramasdan, samarali ishlay olishimizdan dalolat beradi», — degan Apple moliya direktori Luka Maestri.

Moliya yili ichida Apple 394,3 mlrd dollar ishlab topgan va bu o‘tgan yilgidan 8 foizga ko‘proq. Sof foyda ham rekord o‘rnatgan va 99,8 mlrd dollarga yetgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo