18:30 / 28.10.2022
7 457

Fransiya nashri AQSH qachon Zelenskiydan “qutulishi”ni aytdi

Fransiya nashri AQSH qachon Zelenskiydan “qutulishi”ni aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH uchun haqiqiy boshog‘riqqa aylandi, chunki uni nazorat qilish murakkablashib bormoqda, deb yozadi Fransiyaning VA nashri.

Maqola muallifi Kerolayn Galakterosning fikricha, Ukrainadagi o‘yin juda xavfli burilish yasadi va Vashington undan chiqishga iloji boricha harakat qilmoqda.

G‘arb Rossiyani Ukrainaga qarshi qayrashda oshirib yubordi. Zelenskiy buning uddasidan chiqdi - u mamlakatni unga yaxshi foyda olib keladigan qonli o‘yinga boshladi, NATOning eshiklarini tepib, u go‘yoki uning armiyasi g‘alaba qozonayotganini ta’kidlamoqda”, - deb yozadi muallif.

Biroq, maqola muallifining alohida ta’kidlashicha, Ukraina yetakchisining yolg‘on va’dalari uning “baxtiqaro” xalqi uchun qimmatga tushishi mumkin.

Bugun Rossiyaga qarshi bo‘lgan siyosatchilar uchun Zelenskiyning “qahramon prezident” timsoli, tutqichlarsiz chemodan kabi og‘ir yukni anglatmoqda. Kiyev rejimi o‘z rolini ijro etdi- Rossiyani Yevropadan ajratdi. Zelenskiy global miqyosda murosaga kelish boshlanganda qurbon qilinishi mumkin. U shunchalar ko‘p yolg‘on gapirdi va baxtsiz xalqiga ko‘p va’da berdiki, endi gap uning nafaqat siyosiy, balki jisman yashab qolishi haqida ham ketmoqda”, - deyiladi maqolada.

Muallifning qo‘shimcha qilishicha, yagona yo‘l Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lishi mumkin.
Vladimir Putinni hozir faqat Vashington bilan to‘g‘ri dialog qiziqtiradi, chunki u Yevropa to‘liq nazorat ostida ekanligini biladi”, deydi nashr.

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida AQSH va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari Kiyevni o‘n milliardlab dollarlik qurollar bilan qo‘llab-quvvatlashmoqda. Moskva o‘z navbatida qurol bilan ta’minlash nafaqat mojaroni uzoq cho‘zishi, balki qurol ortilgan transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marotaba ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo