Britaniyaliklar Putinning Liz Trass haqidagi fikrini ijobiy baholashdi

1 daqiqa o'qish4.5K
Britaniyaliklar Putinning Liz Trass haqidagi fikrini ijobiy baholashdi
“Valday” munozara klubida chiqish qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Liz Trassni ham eslab o‘tdi. Putinning Trass haqidagi fikri The Times gazetasi o‘quvchilari orasida ijobiy baholandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Trass matbuot brifinglaridan birida, agar kerak bo‘lsa, yadroviy quroldan foydalanishga tayyor ekanligini aytgan edi. O‘z navbatida, Vladimir Putin “Valday” munozara klubining yalpi majlisida so‘zga chiqib, bosh vazirning ushbu bayonotini esladi va “qiz biroz o‘zida bo‘lmaganini” aytib o‘tdi.

Bu ta’rifga The Times gazetasi o‘quvchilari qo‘shilgan. Ulardan biri “Bu juda kulgili, men hatto Putinning fikriga ham qo‘shilaman”, deb yozmoqda.

"Albatta, Britaniyada Putinning so‘zlarini qadrlashdi va ko‘pchilik uning fikriga qo‘shildi. Uning aqldan ozganligi aniq", deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi boshqa sharhlovchi.

"Bu ta’rif unga mos keladi", "Putin to‘g‘ri, u qizil tugmani bosishga tayyorligi haqida gapirganda, u aqldan ozgan edi. Bu odatda davolanadimi?", “Odam shunday ulkan davlatning bosh vaziri bo‘lishdan oldin ruhiy sinovdan o‘tishi kerakligiga men bir necha bor amin bo‘ldim”, deya xulosa qilishdi foydalanuvchilar.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?