22:44 / 29.10.2022
2 892

Endi Turkiyada ayrim xorijliklar maxsus ruxsatnomasiz ishlashlari mumkin

Endi Turkiyada ayrim xorijliklar maxsus ruxsatnomasiz ishlashlari mumkin
Ushbu mamlakatda ishlayotgan xorijliklarga qonunchilikni yengillashtirishga qaratilgan Ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi farmon kuchga kirdi.

Mavsumiy dehqonchilik va chorvachilikda ishlaydigan chet el fuqarolari 6 oygacha, boshqa davlat sportchilari esa mehnat shartnomalari muddati tugaguniga qadar faoliyatini davom ettiradi.

Ilmiy izlanish yoki bilim va tajribasini oshirish maqsadida universitetlarda, davlat muassasalari va tashkilotlarida tahsil olgan xorijliklarning o‘qish muddati cheklangan bo‘ladi. Ko‘pincha u 2 yilgacha davom etadi.

Talaba almashinuv dasturlari doirasida amaliyot o‘tamoqchi bo‘lganlar Turkiyada 4 oy ishlashlari mumkin. Ilmiy, madaniy va ijodiy sohalarda ishlayotgan chet el fuqarolari uchun bu muddat 1 oy bilan cheklangan.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi moliyaviy hamkorlik dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etish uchun yuborilgan xorijliklar ham ushbu qoidadan mamlakatdagi faoliyatini amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo