
29 oktabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Ayni paytda qurbonlar soni 150 kishidan oshgani aytilmoqda.
Mahalliy The Korea Herald nashrining yozishicha, vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
Rasmiylar qurbonlar soni kun davomida ortib borishini taxmin qilmoqda. Halok bo‘lganlarning 100 dan ortig‘i shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, marhumlarning shaxsini aniqlash biroz vaqt talab etadi.
Rasmiylar halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik borligini tasdiqladi. Ular orasida Eron, O‘zbekiston, Xitoy va Norvegiya fuqarolari ham borligi keltirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar