
Foto: Getty Images
Ukraina Xerson viloyatida artilleriya ustunligiga ega bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times (NYT) mahalliy qo‘mondonlik va harbiy ekspertlarga tayanib. Buning sababi, 29 oktabr, shanba kuni e’lon qilingan reportajda aytilishicha, G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi va yuqori aniqlikdagi raketalari va artilleriya snaryadlari Rossiyada yetishmayotgan qurollar sinfiga kiradi.
Ukraina jangchilari millionlab dollarlik rus texnikasini yo‘q qildi, deb yozadi NYT. Bunda ular nafaqat AQSH va ittifoqchilar tomonidan taqdim etilgan qurol-yarog‘lardan, balki qo‘lbola uchuvchisiz uchoqlar, shuningdek, yanada ilg‘or dronlardan ham foydalanyapti. Shu bilan birga, Rossiya «qanotli raketalar, katta armiya va millionlab artilleriya snaryadlari bilan, garchi noaniq bo‘lsa ham, qo‘rqinchli kuch bo‘lib qolmoqda», deb ta’kidlaydi gazeta. Uning baholashicha, artilleriyadagi ustunlik Ukraina Qurolli kuchlariga Xerson tomon, yo‘qotishlar evaziga bo‘lsa-da, asta-sekin oldinga siljish imkonini berdi.
Ukraina qo‘mondonligiga ko‘ra, hozir tomonlar taxminan teng miqdordagi zarbalar almashishmoqda. Biroq, ukrainaliklar G‘arb tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh yordamida boshqariladigan raketalar va artilleriya snaryadlari tufayli nafaqat uzoqroq, balki aniqroq zarba beryapti, deydi NYT suhbatdoshlari.
«Biz ularga yeta olyapmiz, lekin ular bizga yeta olmayapti. Ularda bunday qurollar yo‘q», dedi Xerson frontidagi artilleriya batareyasiga qo‘mondonlik qilayotgan Ukraina armiyasi mayori NYT'ga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasidan o‘q uzish intensivligi uch baravar kamaydi, bu esa Rossiya kuchlari uchun o‘q-dorilar yetishmayotganidan dalolat berishi mumkin. «Rossiya armiyasi cheksiz, degan fikr bor, ammo bu afsona», - deya ta’kidladi ukrainalik harbiy.
Bundan tashqari, reportajga ko‘ra, amerikaliklar tomonidan taqdim etilgan M777 gaubitsalari yuqori aniqlikdagi snaryadlar bilan otadi hamda bunday o‘qqa tutish ruslarni og‘ir texnikani front chizig‘idan uzoqroqqa joylashtirishga majbur qilgan. NYT, shuningdek, Xersonga ta’minot vositasi - Dnipro bo‘ylab o‘tgan ko‘priklar Ukraina artilleriyasi hududi oralig‘ida joylashgani va foydalanishga asosan yaroqsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. «Gap rus qo‘shinlari Xersonda qancha vaqt tura olishida», deb yozadi gazeta. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar