
Videodan lavha
Olti yoshli bolani urib ketib, unga yordam ko‘rsatmasdan ketib yuborgan deputat Sergey Mamontovni «Yedinaya Rossiya» partiyasi o‘z safidan sharmandalarcha chiqarib tashlaydi.
Rossiyaning Novosibirsk viloyati Tatarskiy okrugi deputatlari kengashi a’zosi Sergey Mamontov partiyadan haydaladi. Bu haqda partiyaning viloyat ijroiya qo‘mitasi rahbari Yuliya Shvets ma’lum qildi.
«Mamontovning qilmishi hayrat va nafrat uyg‘otadi. Bolani bosib o‘tgan va yordamsiz yo‘lda qoldirib ketgan shaxsni hatto odam deb atash qiyin», dedi Shvets.
Shuningdek, u partiya tomonidan jarohatlangan bola va uning oilasiga barcha zarur yordam ko‘rsatilishiga va’da bergan.
Tarqalgan videoda deputat bolani urib yuborib, YTH sodir etgan joydan qochib ketgani aks etgan.
Olti Yoshli BolaSergey MamontovYedinaya RossiyaNovosibirsk ViloyatiYTH SodirPartiyadan Haydalish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar