
Foto: Kazakhstan Travel
2022 yil oktabr oyida Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, oylik inflyatsiya sentyabrdagi 1,8 foizdan keyin 1,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa-da, avvalgi davrlarga nisbatan rekord darajada saqlanib qoldi.
Mamlakatda oktabr oyida 2022 yil sentyabr oyiga nisbatan nooziq-ovqat tovarlari va pullik xizmatlar 1,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 foizga qimmatlagan.
Yillik asosda inflyatsiya 2022 yil oktabr oyida 18,8 foizga yetdi, bu 2016 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shunday qilib, Qozog‘istonda yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 23,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 17,9 foizga, pullik xizmatlar 13,5 foizga oshgan.
O‘zbekistonda oktabr oyiga ko‘ra yillik inflyatsiya 12,2 foizni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar