09:44 / 02.11.2022
2 429

Zelenskiy: Rossiyaning qishga umid bog‘lashi - butun Yevropa uchun chaqiriq

Zelenskiy: Rossiyaning qishga umid bog‘lashi - butun Yevropa uchun chaqiriq
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida ma’lum qilishicha, Rossiya energetika inshootlariga uyushtirilgan ommaviy zarbalar nuqtayi nazaridan Ukrainaga kelayotgan qishda tahdid soladigan qiyinchiliklarga umid bog‘lamoqda.

«Ushbu chaqiriq butun Yevropa uchun chaqiriq sifatida ko‘rilishi kerak», dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainadagi har qanday qishki qiyinchiliklarni «birlashgan Yevropa muvaffaqiyatsizligining isboti sifatida» taqdim etadi.

Dekabr oyida Fransiyada qishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi, deya qo‘shimcha qildi Ukraina davlati rahbari.

Volodimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda bu haqda kelishib olganini tushuntirdi.

Bundan oldin oktabr oyida Yevrohududda iste’mol narxlari 10,7 foizga oshgandi. Bu haqda Yevrostat ma’lumotlarning birinchi bahosiga tayanib xabar qildi. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida inflyatsiya taxminan 22 foizni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yevrohududda iste’mol narxlari oktabr oyida 2021 yilning shu oyiga nisbatan 10,7 foizga oshgan. Shu tariqa, inflyatsiya darajasi yangi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 1999 yilda yevro joriy etilganidan beri birinchi marta o‘n foizlik belgidan oshib ketdi, deb xabar berdi Luksemburgdagi Yevropa statistika boshqarmasi (Yevrostat) 31 oktabr, dushanba kuni olingan ma’lumotlarga tayanib.

O‘tgan oyda bo‘lgani kabi, oktabr oyida ham energiya tashuvchilar narxlari ayniqsa kuchli oshdi – 41,9 foizga. Oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizga qimmatlashdi.

Oktabr oyida inflyatsiya darajasi Boltiqbo‘yi mamlakatlarida boshqa yevrozona davlatlaridan yuqori bo‘lib, ularning har birida taxminan 22 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, eng yuqori ko‘rsatkich Niderlandiyada qayd etilgan - deyarli 17 foiz. Fransiya (7,1 foiz) va Ispaniyada (7,3 foiz) boshqa mamlakatlarga nisbatan iste’mol narxlari o‘rtacha darajada oshdi. Germaniyada, Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida inflyatsiya 11,6 foizni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo